O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Bosh prokuror hududlarga chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, bo‘sh bino va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish va boshqa dolzarb vazifalar ijrosi, shuningdek, prokuratura organlarining faoliyati bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit va shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish borasida 400 ga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari bilan to‘rtala hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, gaz va elektr ta’minoti, bino olish, yer maydoni ajratish, maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.

Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida hududlardagi idoralararo komissiyalar hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, tashrif davomida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlari prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.

O‘rganish natijalari, faoliyatni tashkil etish, hududda qonuniylikni mustahkamlash borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar prokuraturalarning kengaytirilgan hay’at majlisida barcha tuman-shahar prokuraturalari xodimlari ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayollar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida qonuniylikni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlar huquqlarini muhofaza qilish, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz» va «Har bir oila tadbirkor» dasturlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat olib borish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish borasida prokuratura organlari oldida turgan dolzarb vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan, sadoqat va mas’uliyat bilan bajarish, korrupsion illatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Muhtaram vatandoshlar! Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shod ...
10.08.2019 / 12:11
Qurbon hayiti munosib nishonlanadi
Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning oʻz zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu koʻst ado etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.   Tinch-osoyishta mamlakatimizda hayit namozlari ...
10.08.2019 / 11:11
Samarqandda birinchi harbiy gazeta chop etildi
29-iyul kuni birinchi marotaba Samarqand shahridagi joylashgan Markaziy harbiy okrugi nashri – “Sarhad” harbiy gazetasining ilk soni chop etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi. ...
02.08.2019 / 19:31
“Jamoatchilik” onlayn-platformasiga 3 kun ichida 400 ga yaqin taklif kelib tushdi
“Jamoatchilik” onlayn-platformasiga kelib tushgan xabar va takliflar soni 3 kun ichida 400 ga yaqinlashdi. Bu haqda “Yuksalish” umummiliy harakati ma’lum qildi. Fuqarolar takliflarining aksariyati ta&rsquo ...
10.08.2019 / 11:19
OAV vakillari Sirdaryodagi ijtimoiy – iqtisodiy oʻzgarishlar bilan tanishdi
Markaziy ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy oʻzgarishlar bilan tanishdi. O ...
02.08.2019 / 19:32
MIB direktri o`rinbosari Toshkent viloyatida sayyor qabul o`tkazdi
Ma`lumki, bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidanyurtimizning barcha viloyatlarida fuqarolarning qabul qilish kunlari o`tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 2 avgust kuni Majburiy ijro byurosi direktori o ...
02.08.2019 / 19:30