O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Toshkentda “Gastro Bazaar—2019” I xalqaro gastronomik turizm festivali boshlandi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Saylgoh ko‘chasida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Gastro Bazaar—2019” birinchi xalqaro gastronomik festivaliga start berdi. Bu haqda qo‘mita matubot xizmati xabar berdi.

Tadbirni Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov ochib berdi. Shuningdek, tantanali ochilish marosimida UNWTO, ICCA, Turkiya Oshpazlar uyushmasi hamda Turkiya Gastronomik akademiyasidan taklif qilingan xalqaro ekspertlar ham ishtirok etdi.

“Hududlarning turistik jozibadorligini oshirishga imkoniyat yaratib berish oldimizdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo‘lsak, gastronomiya va turizm o‘rtasidagi aloqalar sayyohlar oqimini ko‘paytirish hamda ularning safar kunlarini uzaytirishga yordam beradi”, — dedi Abdulaziz Oqqulov.

11-avgustga qadar davom etadigan tadbir O‘zbekistonning xalqaro darajadagi gastronomik salohiyatini oshirish va mamlakat turistik brendini tanitish yo‘lida xizmat qiladi.

Bugun, 10-avgust kuni Saylgoh ko‘chasida milliy va jahon oshxonalarining mahorat darslari, oshpazlar bellashuvlari, ko‘ngilochar tadbirlar namoyishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan hududlarning turizm logotiplari bo‘yicha tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

 

 

Mavzuga oid yangiliklar
Shahrisabzda I Xalqaro Geoturizm forumiga start berildi
Kecha Shahrisabzdagi Madaniyat saroyida Birinchi Xalqaro Geoturizm forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir ochilishida koʻzga koʻringan olimlar ...
02.08.2019 / 19:32
Qarshidagi "Muruvvat" nogiron bolalar uyi yangi qiyofaga kirdi
Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi 4 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan aqlan zaif va nogironligi bo`lgan bolalar yashab, tarbiyalanadigan muassasa sanaladi. Faoliyati yo`lga qo`yilganiga 42 yil bo ...
25.12.2018 / 14:28
Toshkentda taniqli dizaynerlar o‘z to‘plamlarini namoyish qildi (foto)
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Moda haftaligi doirasida taniqli dizaynerlar yangi to‘plamlarini ommaga namoyish etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Yoshlar ijod saroyida 25-noyabr kuni o&lsquo ...
27.11.2018 / 09:02
“Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi
Samarqand san’at kolleji konsert zalida Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi. ...
01.02.2019 / 07:50
O‘zbekiston haqidagi film rekord qayd etdi
Yoz oylarining so‘nggi kunlari Fransiyaning yetakchi Elephant Doc. telekompaniyasi tomonidan suratga olingan Samarqand va Buxoro haqidagi hujjatli film telekanalda tomoshalar soni bo‘yicha rekord qayd etdi. “Sayohatga taklif&rdquo ...
18.12.2018 / 14:58
15-17 noyabr kunlari Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi
Madaniyat vaziri navbatdagi xizmat safarida. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida boʻlib o ...
14.11.2018 / 19:44