O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
O‘zbekiston - Koreya ixtirochi ayollar haftaligi tashkil etiladi

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi doirasida Janubiy Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi raisi Li Inshil bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini, iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish bo‘yicha batafsil fikr almashildi.

Li Inshil qayd etganidek, ixtirochi ayollarni va ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash sohasida O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida hamkorlik uchun keng istiqbollar mavjud.

Tomonlar O‘zbekistonda 2019 yil 14-19 sentabr kunlari O‘zbekiston-Koreya ixtirochi ayollar haftaligini tashkil etishga kelishib oldi.

Li Inshil O‘zbekiston ixtirochi ayollari kashfiyotlari va innovatsion mahsulotlari eksportini rivojlantirish yuzasidan tajriba almashishga ko‘maklashadigan mazkur muhim forumda qatnashish taklifini minnatdorlik bilan qabul qildi.

Innovatsiya haftaligi doirasida Toshkent, Farg‘ona, Buxoro va Xorazm viloyatlarida davra suhbatlari va seminarlar hamda ayollarning innovatsion loyihalari va mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi AXBOROTI
Maʼlumki, respublikamizning qator hududlarida eski bino va imoratlarni rekonstruksiya qilish, hududlarni obodonlashtirish, olis qishloq va tumanlar qiyofasini oʻzgartirish boʻyicha kompleks chora ...
10.08.2019 / 11:14
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga taklif bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. ...
02.08.2019 / 19:26
Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari uchrashdi
2019 yil 1 avgust kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashdi. Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra ...
01.08.2019 / 19:37
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kunining oxirida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy ...
10.08.2019 / 11:12
Oʻzbekiston-Belarus: taʼlimga, oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish asoslari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati oʻrtasida taʼlimga oid va oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻg ...
02.08.2019 / 19:23
Muzokaralar natijalari bitimlarda oʻz ifodasini topdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi muzokaralar yakunida Qoʻshma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari ...
01.08.2019 / 19:31