O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Fan va ta'lim
Buxoro viloyatida «Xalqaro matematika maktabi» tashkil etildi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida “Xalqaro matematika maktabi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Qorako‘l tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatiga “xalqaro matematika maktabi” maqomi berildi.

Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillarini chuqur o‘qitish, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xalqaro maktabning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab maktabning 7-sinfiga 90 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

Xalqaro maktabda matematika faniga qiziquvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari ham shartnoma asosida ta'lim olishlari mumkin.

Shuningdek, o‘quvchilarga yanada chuqurroq bilim berish maqsadida xalqaro maktabga xorijiy mamlakatlardan ham o‘qituvchilarni ishga qabul qilishga ruxsat etildi.

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab xalqaro maktab direktori, o‘rinbosarlari va o‘qituvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan 100 foiz qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar xalqaro olimpiadada 5 oltin, 2 kumush va 12 bronza medalini qoʻlga kiritdi
2019-yilning 26-29-iyul kunlari Malayziyada nufuzli matematika va tabiiy fanlar boʻyicha xalqaro olimpiada oʻtkazildi. Unda Vatanimiz sharafini 13 oʻquvchi munosib himoya qildi. Olimpiadaning maqsadi “STEAM” (Science, Technology ...
02.08.2019 / 19:24
Yil talabalari. Ular kimlar?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan «Yil talabasi» tanlovi g‘oliblari aniqlandi ...
17.01.2019 / 15:44
Toshkent davlat pedagogika universiteti "SMART universitet"ga aylanadi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Turkiyaning Informascope kompaniyasi bilan hamkorlikda "SMART universitet" loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi. ...
28.11.2018 / 19:14
Oliy taʼlimda siyosatshunoslik yoʻnalishi qayta tiklandi
Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. “Huquqiy axborot” kanaliga koʻra ...
01.02.2019 / 06:56
Xorijiy diplomlarni nostrifikasiya qilish yanada osonlashadi
Ta`lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 2019 yil 1 martdan quyidagilarning ta ...
17.01.2019 / 15:36
O‘zbekistonlik olim Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasining eng yosh akademigiga aylandi
Navoiy shahrida Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi prezidium yig‘ilishi doirasida Tog‘ ishlari bo‘yicha Yevroosiyo akademiyasi haqiqiy a'zolariga diplomlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  ...
27.11.2018 / 08:59