O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kunining oxirida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. 

Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. 

Muloqotda Qirgʻizistonda tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani alohida qayd etildi. Qoʻshni mamlakatdagi vaziyat amaldagi qonunchilik doirasida tez orada barqarorlashishiga umid bildirildi. 

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston Davlat chegarasini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish masalalari boʻyicha yaqindan hamkorlik qilish hamda Chegarada ishonch choralari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq uning xavfsizligini mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi. 

Suhbat yakunida davlat rahbarlari keng koʻlamli hamkorlikni yanada faol rivojlantirish, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash borasidagi intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladilar.

Mavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston - Koreya ixtirochi ayollar haftaligi tashkil etiladi
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi doirasida Janubiy Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi raisi Li Inshil bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O&lsquo ...
10.08.2019 / 11:16
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoga taklif bilan chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. ...
02.08.2019 / 19:26
Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat rahbarlari uchrashdi
2019 yil 1 avgust kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashdi. Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra ...
01.08.2019 / 19:37
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi AXBOROTI
Maʼlumki, respublikamizning qator hududlarida eski bino va imoratlarni rekonstruksiya qilish, hududlarni obodonlashtirish, olis qishloq va tumanlar qiyofasini oʻzgartirish boʻyicha kompleks chora ...
10.08.2019 / 11:14
Oʻzbekiston-Belarus: taʼlimga, oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish asoslari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati oʻrtasida taʼlimga oid va oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻg ...
02.08.2019 / 19:23
Muzokaralar natijalari bitimlarda oʻz ifodasini topdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskdagi muzokaralar yakunida Qoʻshma bayonot qabul qildilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari ...
01.08.2019 / 19:31