O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Qurbon hayiti munosib nishonlanadi
Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning oʻz zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu koʻst ado etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan.
 
Tinch-osoyishta mamlakatimizda hayit namozlari, muborak haj ziyoratini ado etishda katta qulayliklar yaratib berilayotganidan barcha yurtdoshlarimiz mamnun.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-avgustdagi “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida mamlakatimizda Qurbon hayitini munosib nishonlash, bayramni tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishini taʼminlash uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash uchun Andijon viloyatida ham zarur barcha ishlar amalga oshirilmoqda.
 
Ayni kunlarda viloyatning har bir mahallasi, koʻchasida tozalik, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda, imkoniyati cheklangan, beva-bechoralarga xayru saxovatlar koʻrsatilayotir.
 
Viloyatdagi hayit namozlari oʻqiladigan masjidlarda bayramga puxta hozirlik koʻrilmoqda. Muborak bayram kunida xalqimiz, fuqarolarimiz qalbiga bayram shukuhini singdirish, zimmalaridagi diniy amallarni ado etishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni tushuntirish maqsadida diniy idoralar, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, Yoshlar ittifoqi, Maʼnaviyat-targʻibot markazi, ichki ishlar boʻlimlari, jamoatchilik vakillari hamkorligida mahallalarda, masjidlarda keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borilmoqda
 
– Qurbon hayiti namozi viloyatdagi 171 ta jomeʼ masjid hamda “Sayid Muhyiddin mahdum” oʻrta maxsus islom bilim yurtida oʻqiladi, – deydi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi oʻrinbosari Xayrullo Sulaymonov. – Hayit namozlari oʻqiladigan masjidlar taxt holatga keltirilib, namozxonlar uchun zarur shart-sharoit va qulayliklar yaratildi.
 
Hayit namozi oʻqiladigan masjidlarda tozalik, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi xodimlari bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar koʻrildi. Bu boradagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
 
Bundan tashqari, aholiga bayramona va koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida masjidlarga kishi ruhiyatini koʻtaruvchi shior va pannolar oʻrnatildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Muhtaram vatandoshlar! Xalqimiz butun musulmon ummati bilan birgalikda katta shod ...
10.08.2019 / 12:11
“Jamoatchilik” onlayn-platformasiga 3 kun ichida 400 ga yaqin taklif kelib tushdi
“Jamoatchilik” onlayn-platformasiga kelib tushgan xabar va takliflar soni 3 kun ichida 400 ga yaqinlashdi. Bu haqda “Yuksalish” umummiliy harakati ma’lum qildi. Fuqarolar takliflarining aksariyati ta&rsquo ...
10.08.2019 / 11:19
Samarqandda birinchi harbiy gazeta chop etildi
29-iyul kuni birinchi marotaba Samarqand shahridagi joylashgan Markaziy harbiy okrugi nashri – “Sarhad” harbiy gazetasining ilk soni chop etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi. ...
02.08.2019 / 19:31
Bosh prokuror hududlarga chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, bo‘sh bino va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish va boshqa dolzarb vazifalar ijrosi, shuningdek ...
10.08.2019 / 11:22
OAV vakillari Sirdaryodagi ijtimoiy – iqtisodiy oʻzgarishlar bilan tanishdi
Markaziy ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy oʻzgarishlar bilan tanishdi. O ...
02.08.2019 / 19:32
MIB direktri o`rinbosari Toshkent viloyatida sayyor qabul o`tkazdi
Ma`lumki, bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidanyurtimizning barcha viloyatlarida fuqarolarning qabul qilish kunlari o`tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 2 avgust kuni Majburiy ijro byurosi direktori o ...
02.08.2019 / 19:30