O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Shahrisabzda I Xalqaro Geoturizm forumiga start berildi

Kecha Shahrisabzdagi Madaniyat saroyida Birinchi Xalqaro Geoturizm forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir ochilishida koʻzga koʻringan olimlar, geologiya va mineral resurslar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etishdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev ochib berdi va ishtirokchilarga Oʻzbekistonning geoturistik salohiyatiga koʻrsatgan yuqori eʼtibori uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Birinchi Geoturistik forumning Kitob davlat geologiya qoʻriqxonasi hududida oʻtkazilishi ramziy ahamiyatga egadir, zero dunyo okeanidan quruqlikka chiqqan hayotning boshlanish joyi mamlakatimizda geoturizmni rivojlantirish uchun ayni muddaodir. Forumni oʻtkazishdan maqsad Oʻzbekistonda geo- va paleoturizmni rivojlantirish uchun yangi istiqbol va imkoniyatlarni ochish, jahonning geologiya va paleontologiya ilm markazlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, ilmiy va amaliy tajriba almashish, yangi turistik mahsulotlarni yaratish, mavjud turistik dasturlarni boyitishdan iboratdir”, - dedi U. Qosimxoʻjayev.

Oʻzbekiston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qoʻmitasi Mineral xomashyo bazasini ishlab chiqarish va rivojlantirish ekologik boshqarmasi boshligʻi Asror Rustamov tadbir ishtirokchilariga noyob qoʻriqxonaning tarixi haqida soʻzladi.

“Kitob davlat geologik qoʻriqxonasi Oʻzbekistonning muhofazadagi noyob tabiiy zonalaridan biri hisoblanadi. Qoʻriqxonaga 1979-yilda asos solingan boʻlib, u dengiz jonivorlari va oʻsimliklarinining stratigrafik kesmalari va qadimiy qoldiqlarini qoʻriqlash uchun maxsus yaratilgan. Paleozoy kesmalari bu yerda juda qiziq geologik shakl hosil qiilgan boʻlib, Yerning 130-170 million yillik geologik tarixiga oid boy va betakror maʼlumotlarni oʻzida saqlaydi”, - deya taʼkidladi u.

Shundan soʻng mahalliy va xorijiy olimlarning chiqishlari tashkil etilib, ular “Oʻzbekistonning 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlantirishda milliy maqsad va vazifalar hamda zamonaviy geoturizm”, “Geoparklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali geoturizmni rivojlantirish va bunda YUNESKOning geofanlar va geoparklarga oid xalqaro amaliy tajribasidan foydalanish” kabi mavzularni oʻz ichiga qamrab oldi. Uch kun davomida forum ishtirokchilari “Zinzilbogʻ” geoturistik marshrutining ochilishi, Kitob kenglik stansiyasiga tashrif, jahon olimlari ishtirokidagi ilmiy anjumanlar, kelishuvlarning imzolanishi va boshqalar kutmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentda “Gastro Bazaar—2019” I xalqaro gastronomik turizm festivali boshlandi
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Saylgoh ko‘chasida Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Gastro Bazaar—2019” birinchi xalqaro gastronomik festivaliga start berdi. Bu haqda qo‘mita matubot xizmati  ...
10.08.2019 / 11:18
Qarshidagi "Muruvvat" nogiron bolalar uyi yangi qiyofaga kirdi
Qarshi shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi 4 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan aqlan zaif va nogironligi bo`lgan bolalar yashab, tarbiyalanadigan muassasa sanaladi. Faoliyati yo`lga qo`yilganiga 42 yil bo ...
25.12.2018 / 14:28
Toshkentda taniqli dizaynerlar o‘z to‘plamlarini namoyish qildi (foto)
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Moda haftaligi doirasida taniqli dizaynerlar yangi to‘plamlarini ommaga namoyish etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”. Yoshlar ijod saroyida 25-noyabr kuni o&lsquo ...
27.11.2018 / 09:02
“Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi
Samarqand san’at kolleji konsert zalida Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi. ...
01.02.2019 / 07:50
O‘zbekiston haqidagi film rekord qayd etdi
Yoz oylarining so‘nggi kunlari Fransiyaning yetakchi Elephant Doc. telekompaniyasi tomonidan suratga olingan Samarqand va Buxoro haqidagi hujjatli film telekanalda tomoshalar soni bo‘yicha rekord qayd etdi. “Sayohatga taklif&rdquo ...
18.12.2018 / 14:58
15-17 noyabr kunlari Madaniyat vaziri VII Sankt-Peterburg xalqaro madaniyat Forumida ishtirok etadi
Madaniyat vaziri navbatdagi xizmat safarida. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy taklifiga binoan 15-17 noyabr kunlari Sank-Peterburg shahrida boʻlib o ...
14.11.2018 / 19:44