O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida

Loyiha yanada kengayib, oʻsib boryapti, yangi mavzular, kitoblar, muzeylar, jamlanmalar paydo boʻlyapti. Oʻzbekistonning madaniy merosi juda beqiyos, u butun dunyoga tarqalgan.

27-iyulda “Sevimli” telekanali mediaxollida “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” nomli yangi kitob-albomlar taqdimotiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda keyingi bir yarim yil ichida koʻp tomli toʻplamlarni nashrga tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Bu kitoblarda qadimgi xonliklar, amirliklar davridan buyon saqlanib kelayotgan hamda dono ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho durdonalar, qimmatli manbalar oʻrin olgan.

Uchrashuvda yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir qator vazirlik va idoralarning vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari ishtirok etdi. Loyihada bevosita ishtirok etayotgan tadqiqotchi olimlar nodir qlyozmalarni kitob holiga keltirish bilan bogʻliq jarayonlar haqida soʻzlab berdilar.

Edvard RTVELADZE, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasi rahbari:

– Ijodiy jamoamiz bir qator muzeylar xodimlari bilan birgalikda loyihani amalga oshirish davomida keng qamrovli ishlarni bajarishdi. Xususan, loyihada rejalashtirilgan 8 ta kitob-albom chop etildi. Ular juda chiroyli, rang-barang, afsuski kam nusxada boʻlgani uchun ularni koʻp sonli oʻquvchilar qoʻliga yetkazib berish imkoniyati yoʻq.

Ammo biz boshqa toʻplamlarni ham nashrga tayyorlayapmiz. Bu haqda keyinroq maʼlum qilamiz. Asosiysi ilk natijalarimiz koʻzga tashlanmoqda. Oʻzbekiston tarixi muzeyi va Samarqand tarix va madaniyat muzeyi xodimlari bu jarayonda juda yaxshi amaliyot olib borishdi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi diqqatga sazovor ishlarni bajarishdi. Ularning saʼy-harakatlari oʻlaroq 5 ta tomlik qalingina kitob jamlanmasi nashr qilindi.

Bu loyihada Sanʼatshunoslik instituti Kushon imperiyasi toʻgʻrisidagi muhim ahamiyatga molik boʻlimni tayyorlab berishi kerak edi. Uning muhimligi shundaki, bu tomda institutning Oʻzbekiston hududlaridagi muzey jamlanmasi eʼlon qilinadi. Kushon davlati haqidagi materiallar oldin ham eʼlon qilingan ammo bunday keng qamrovli toʻplam holida, Termiz shahri qazishmalari materiallari bilan boyitilgan holda hali nashr qilinmagan. Avvalgi maqolalar Galina Pugachenkova kitoblarida va muzeylarda keng omma eʼtiboriga havola qilingan. Ammo “Kushon oltinlari” va “Dalvarzin xazinasi” jamlanmalari u manbalarga kiritilmagan.

Biz bu xazinalarni hamkasbim Bahodir Turgʻunov bilan Toshkentga olib keldik. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillar boshida ular Romanovlar saroyida namoyish etilgan. Oʻshanda ushbu xazinaning barcha ashyolari uchun “oltin xona” nomli ekspoziyatsiya tashkil qilingan edi. Keyin bu buyumlar Markaziy bankning maxsus kamerasida saqlandi. 1980-yilning oxiridan boshlab bu kolleksiya hech qayerda namoyish etilmadi. Bugungi kunda davlatimizning bevosita qoʻllab-quvvatlashi bilan ushbu xazina – 50 dan ortiq tilla buyumlar Oʻzbekiston badiiy sanʼat galereyasida namoyish etilishi koʻzda tutilmoqda.

– Edvard Vasilyevich, siz yana boshqa bir qator ishlarni bajaramiz dedingiz. Ular qanday ishlar?

– Bu loyihamizning eng jiddiy qismi… Oʻqish, tahrir qilish, xato va kamchiliklarni topish va toʻgʻrilash. Men bu manbalarni ilmiy muharrir sifatida oʻqib beryapman. Texnik muharrir, adabiy muharrir va korrektorlarning ham ishi kam emas. Har bitta tom oʻziga xos qiziq manbalarni oʻz ichiga olgan. Biroq mening nazarimda eng eʼtiborlisi Kushon va Oʻrta asrlar zamonasiga oid materiallardir. Men koʻp yillar bu loyiha ustida ishladim. Uning gʻoyasi Firdavs Abdulholikovga tegishli. U meni ilmiy rahbar sifatida birga ishlashga taklif qildi. Shu asnoda biz butun guruhimiz bilan ushbu loyihani hayotga joriy qilishga bor kuchimiz va bilimizni bagʻishlayapmiz. Kitob-albomlar – bizning farzandlarimiz. Loyiha yanada kengayib, oʻsib boryapti, yangi mavzular, kitoblar, muzeylar, jamlanmalar paydo boʻlyapti. Oʻzbekistonning madaniy merosi juda beqiyos, u butun dunyoga tarqalgan, Gavayada, Argentinada, Kanada va boshqa joylarda ham bor.

Sanjar GʻULOMOV, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining tadqiqotlar va tarixiy hujjatlarni nashr qilish boʻlimi boshligʻi:

— Bu loyiha keng jamoatchilikni yozma yodgorliklarimiz bilan iloji boricha kengroq tanishtirishni maqsad qilgan. Bu qoʻlyozmalarning eng katta qismi (26 ming tomlik) Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Biz avval bularni bir yaxlit kitob holida nashr qilmoqchi edik. Keyin esa 5 ta kitobga ajratishni maʼqul topdik.

Birinchi tomga 5 mingdan ortiq nomdagi X asrga oid tarixiy huquqiy hujjatlar, ilmiy asarlar jamlandi. Ikkinchi kitobga tabiiy va aniq fanlarga oid manbalar kiritildi. Zero bizning kolleksiya barcha fanlarni fizika, kimyo, matematika, tibbiyot… farmakologiyadan tortib minerologiyagacha oʻz ichiga oladi. Bu kitoblarda hatto ov borasidagi bilimlarni ham oʻqish mumkin. Uchinchi tom – badiiy adabiyot. Uning birinchi boʻlimi – sheʼriyat, 2-boʻlimi – nasr, uchinchi qismi antologiyaga bagʻishlangan. Toʻrtinchi kitobda Islomga, falsafaga, Sharq falsafasi va soʻfizmga oid manbalar jamlangan. Beshinchi kitob miniatyura va kalligrafiyaga oid asarlarni oʻz ichiga oladi. 

Unda Alisher Navoiyning bevosita ishtirokida yaratilgan kalligrafiya durdonalari mavjud.

Biz bu beshta kitobni nashrga tayyorlab qoʻydik. Ular jamlanma holida chop etiladi avgust oyida taqdimoti oʻtkaziladi.

– Bu kitoblarni maktablarga ham tarqatish koʻzda tutilyaptimi?

– Toʻgʻri, yoshlar ham bu bebaho durdonalar bilan tanishishi kerak. Maʼlum boʻlishicha bu albomlar juda qimmat turadi, ammo kitoblar kelgusi avlod foydasiga xizmat qilishi uchun shu masalaning yechimini ham oʻylab koʻrish zarur.

 

Dilorom YUSUPOVA, Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi:

– Mazkur nashrlar bizning institutimizda saqlanayotgan qoʻlyozmalar fondining oʻziga xos reklamasi boʻladi. Eksponatlar ichida juda qadimiylari ham bor. Masalan, ular orasidan X asrdan tortib XX asrgacha boʻlgan davrlarga oid arab, fors, turkiy tillardagi qoʻlyozmalarni topish mumkin. Ular turli mualliflar qalamiga mansub boʻlib, xilmaxil mavzularni oʻz ichiga olgan. Koʻpi taniqli allomalarga tegishli boʻlsa, ayrimlari hali toʻliq oʻrganilmagan. Misol uchun XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda yashab oʻtgan tarixiy-geografik asarlar mualliflari, ularning orasida ayniqsa xorazmlik, buxorolik, xurosonlik mualliflar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Hozirgi kunda prezidentimiz olimlar oldiga Oʻzbekistonning buyuk tarixini aks ettirish vazifasini qoʻygan. Buning uchun X-XX asrlarga oid arab va fors tillaridagi barcha manbalarni oʻrganib chiqish lozim.

Biz yosh avlodni bunga tayyorlashimiz, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari oldiga jiddiy vazifalarni qoʻyishimiz zarur. Talabalarning ongli, keng salohiyatli boʻlishi uchun har tomonlama mukammal maktab poydevori boʻlishi kerak. Bu poydevor nafaqat maktab dasturi doirasida, balki birmuncha kengroq qamrovda olinishi lozim. Maktab oʻquvchilari orasidan oliy oʻquv yurtiga iqtidorlilari saralab olinishi darkor. Aniq va gumanitar sohalar oʻqituvchilari ham talabalarga sifatli bilim berish uchun turli tadqiqotlarga oʻzini bagʻishlashi, oʻz bilimlarini boyitishi talab etiladi.

Yangi kitob-albomlar taqdimoti Oʻzbekiston madaniy merosini asrash va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyatining III kongressi doirasida oʻtkaziladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etiladi
Ma`lumki, 2019 yil 26 avgustda Samarqandda «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi» Xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. Ushbu voqea oldidan «O`zbekiston &ndash ...
01.08.2019 / 19:50
O'zEOAVMA Davlat san’ati mizeyi 100 yilligida o'z tuhfasi bilan ishtirok etdi
8 fevral kuni O`zbekiston Davlat san`at muzeyining tashkil etilganligining 100 yillik yubileyiga bag`ishlangan "Sirli avangard" ko`rgazmasi ochildi. Taniqli rus va o`zbek avangard rassomlarining noyob asarlaridan tashkil topgan ushbu ko ...
09.02.2019 / 10:20
«Madaniy merosimiz brendini boshqalar o`zlashtirishga yo`l qo`ymasligimiz kerak!»
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan bir qator davlat ...
17.01.2019 / 15:49
Toshkentda o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskandariyasining topilishiga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi
2019 yilning 22 iyul kuni “Sevimli” telekanali media-markazida o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskanlariyasining topilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirni O ...
01.08.2019 / 19:48
Germaniyadan videoreportaj: Mediaivent yakuni
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Berlinda "Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik sifatida" mavzusida xalqaro ilmiy ...
28.01.2019 / 15:05
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o ...
05.10.2018 / 18:28