O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi memorandum imzoladi

Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlangan xalqaro forum doirasida 2019 yil 3 may kuni Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA ) o'rtasida hamkorlikka doir o'zaro tushunish memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko'zlangan maqsad O'zbekistonda media hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, O'zbekiston va dunyoda ro'y berayotgan voqea-hodisalar yuzasidan muntazam axborot (video) almashish bo'yicha qadam-baqadam faoliyatni shakllantirishdir.

Memorandumni O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) raisi Firdavs Abduholiqov va Bi-Bi-Si O'zbek xizmati muharriri Xayrullo Fayz imzolashgan.

O'tgan bir necha oy mobaynida Bi-bi-si O'zbek xizmati jurnalistlari tayyorlagan lavhalar deyarli har hafta O'zbekistonning «Sevimli» kanalida efirga uzatilmoqda.

Memorandumni imzolarkan, O'zEOAVMA raisi Firdavs Abduholiqov chet el ommaviy-axborot vositalari bilan hamkorlik O'zbekistonning boy tarixi, sayyohlik salohiyati, mamlakatda kechayotgan islohotlarni kattaroq auditoriyaga taqdim etish yo'lida muhim qadam ekanini urg'uladi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati muharriri Xayrullo Fayzga ko'ra, bu har ikki tomon uchun birdek manfaatli hamkorlikdir.

«Bi-Bi-Si O'zbekistonda o'z hamkorlariga ega bo'lishdan mamnun va bu ikki tomonlama hamkorlik loyihalari O'zbekistonni dunyoga, dunyoni O'zbekistonga yaqinlashtirishga xizmat qiladi», – deb aytgan Xayrullo Fayz.

BBC va O'zbekiston

Bi-Bi-Si Jahon xizmati tarkibida 41 tilda televizion, radio va internet dasturlariga ega til xizmatlari bor.

O'zbek xizmati 1994 yilda radiodasturlar bilan ish boshlagan bo'lsa, bugunga kelib, vebsahifa, ijtimoiy tarmoqlar va YouTubeda bir necha yuz minglik, hamda 2 millionga yaqin auditoriyasi bo'lgan kundalik televizion yangiliklar dasturiga ega.

Bi-Bi-Sining global haftalik auditoriyasi 350 millionga yaqin va o'z-o'zidan bu raqamlar dunyoga tanilish istagida bo'lgan O'zbekiston uchun ham muhimdir.

O'tgan qariyb ikki yil ichida hech bir xalqaro axborot agentligi O'zbekistonni Bi-Bi-Si qadar keng va chuqur bir shaklda katta auditoriya uchun yoritgani yo'q.

Bi-Bi-Si O'zbek xizmati jurnalistlari tayyorlagan tele-radio dasturlar, maqolalar ingliz tili doxil jahonning boshqa yirik tillariga ham tarjima qilinib, millionlab muxlislarga taqdim qilindi.

Buyuk Britaniyadagi O'zbekiston elchixonasi bilan birgalikda o'nga yaqin loyihalar amalga oshirildi.

2017 va 2018 yillar davomida o'ndan ortiq jurnalistlar, xususan MTRK jurnalistlari BBC mehmoni bo'lishdi.

2018 yilda MTRK jurnalisti ikki hafta davomida Bi-bi-si O'zbek xizmatida tajriba oshirdi.

2017 yilda O'zbekiston Axborot Agentligining muxbiri ham O'zbek xizmatida ish tajribasini oshirib, vatanga qaytgan edi.

BBC Media Action jurnalistlari bilan O'zEOAVMA jurnalistlari bir necha treyninglarni o'tkazishdi.

MTRK va O'zEOAVMAning yuzdan ortiq jurnalistlari BBCning taniqli jurnalistlaridan kasb va yangi texnologiyalar sirlarini o'rganishmoqda.

Qo'shma loyiha va rejalar
BBC O'zbek xizmati shu kunlarda Boburiylar davrining eng ilg'or malikalari haqida maxsus televizion dasturlarni suratga olish ustida ishlamoqda. Ayni dasturlarni O'zEOAVMA bilan birgalikda, bevosita ularning ishtiroki ila hamkorlikda tayyorlash rejalangan.

Katta Langar Qur'oni tarixiga doir «Katta Langar siri» hujjatli film ham O'zEOAVMA jurnalistlari bilan birgalikda suratga olinadi. Bu loyiha ham nafaqat o'zbek, balki ingliz tili doxil jahonning boshqa tillariga ham tarjima qilinadi.

O'zbekistonning Afg'onistonda tinchlikparvar tashabbuslari haqida hikoya qiluvchi hujjatli film ham shu yil avgust oyida suratga olinishi rejalangan.

Ayni damda Muqaddas Ramazon oyi davomida O'zEOAVMAning «Sevimli» kanali bilan birgalikda ma'rifiy dasturlar Bi-Bi-si jurnalistlari bilan birga tayyorlanadi va ham Bi-bi-si O'zbek televizioni va ham «Sevimli»da efirga uzatib boriladi.

Bundan tashqari, O'zbekistondagi ilg'or tadbirkor ayollar haqida hikoya qiluvchi maxsus televizion lavhalarni suratga olish jarayoni yakunlandi va hozirda uni efirga tayyorlash jarayoni ketmoqda.

Shu yil kuzida O'zbekistonda nogiron insonlar hayoti haqida hikoya qiluvchi televizion film suratga olish rejalangan.

Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida rejalarda Bi-bi-sining 15 daqiqagacha bo'lgan, O'zbekistonning sayyohlik salohiyati, madaniyati va dunyoning ilg'or texnologiyalari, ingliz tili darslari hamda ma'rifiy mavzularni o'z ichiga olgan dasturi ham O'zbekistondagi hamkor televizion kanallarga taqdim etilishi rejalangan.

Ayni paytda O'zbekistondagi qator yetakchi onlayn nashrlar bilan ham hamkorlikka doir kelishuvlar ustida ishlar boshlangan.

Mavzuga oid yangiliklar
Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov 2019 yil 23 aprel kuni Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi ...
01.08.2019 / 20:03
Samarqand Markaziy Osiyo ilm-fani tarixidagi yirik anjumanga mezbonlik qiladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko`ra, joriy yilning 26 avgust kuni Samarqandda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari&rdquo ...
01.08.2019 / 19:52
Bugun O'zEOAVMA Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
  Bugun O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining unga a'zo teleradiostantsiyalar rahbarlari ishtirokidagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O ...
01.02.2019 / 20:02
So‘z erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat va izlanish jurnalist faoliyatining mezonidir
— Firdavs Fridunovich, Prezidentimiz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigida jurnalistlarning o‘z ishiga, avvalo, xolislik bilan yondashishi zarurligi alohida qayd etilgan. Darhaqiqat ...
01.08.2019 / 19:58
O’zEOAVMAning BBC Media Action hamkorligidagi yangi loyihasi yaratiladi
BBC teleradiokompaniyasining Media Action xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bo'limi asosan OAV xodimlarining malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.O ...
09.02.2019 / 10:35
Germaniya jamoatchiligi O`zbekiston madaniy merosidan bahramand bo`lmoqda
Berlin shahrida 15 yanvar kuni “Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik“ mavzuida xalqaro ilmiy-madaniy forum boshlandi. Tadbir O ...
16.01.2019 / 17:34