O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov 2019 yil 23 aprel kuni Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga taqdim qildi.

Xususan, Qur’oni karimning ushbu nusxasi juda ham tabarruk ekani, u O‘zbekiston musulmonlari idorasining muzey-kutubxonasiga joylashtirilishini bildirib o‘tdi.
 
Muftiy jumladan, qadimiy qo‘lyozma asarlarini yurtimizga olib kelishda diniy idora va ulamolar hamkorlik qilishga doim tayyor ekanini ta’kidladi. Milliy assotsiatsiyasi rahbari ayni vaqtda xorij mamlakatlarida saqlanayotgan ulug‘ mutafakkirlarimiz bitgan qadimiy qo‘lyozma asarlarining faksimile nusxalarini yurtimizga olib kelish sa’y-harakatlari olib borilayotganini aytdi.
 
Qadimiy Katta Langar Qur’onining mazkur faksimile nusxasi boshlangan ishlarning ilk natijasidir. Islom dinining asosiy manbasi hisoblangan Qur’oni karimning eng qadimiy nusxalari xalqimizning bebaho merosi sifatida qadrlanadi. Hozirda ma’naviy meroslardan biri bo‘lgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’onining 13 ta sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi muzey-kutubxonasida saqlanmoqda. Endilikda uning yonida qolgan sahifalarning faksimile nusxasi ham o‘rin oladigan bo‘ldi.

 

Mavzuga oid yangiliklar
Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi memorandum imzoladi
Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlangan xalqaro forum doirasida 2019 yil 3 may kuni Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA ) o'rtasida hamkorlikka doir o ...
01.08.2019 / 20:13
Samarqand Markaziy Osiyo ilm-fani tarixidagi yirik anjumanga mezbonlik qiladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko`ra, joriy yilning 26 avgust kuni Samarqandda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari&rdquo ...
01.08.2019 / 19:52
Bugun O'zEOAVMA Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
  Bugun O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining unga a'zo teleradiostantsiyalar rahbarlari ishtirokidagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O ...
01.02.2019 / 20:02
So‘z erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat va izlanish jurnalist faoliyatining mezonidir
— Firdavs Fridunovich, Prezidentimiz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigida jurnalistlarning o‘z ishiga, avvalo, xolislik bilan yondashishi zarurligi alohida qayd etilgan. Darhaqiqat ...
01.08.2019 / 19:58
O’zEOAVMAning BBC Media Action hamkorligidagi yangi loyihasi yaratiladi
BBC teleradiokompaniyasining Media Action xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bo'limi asosan OAV xodimlarining malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.O ...
09.02.2019 / 10:35
Germaniya jamoatchiligi O`zbekiston madaniy merosidan bahramand bo`lmoqda
Berlin shahrida 15 yanvar kuni “Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik“ mavzuida xalqaro ilmiy-madaniy forum boshlandi. Tadbir O ...
16.01.2019 / 17:34