O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Samarqand Markaziy Osiyo ilm-fani tarixidagi yirik anjumanga mezbonlik qiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko`ra, joriy yilning 26 avgust kuni Samarqandda “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya o`tkaziladi.

Buyirik anjuman YuNESKO, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi, YuNESKO ishlari bo`yicha Milliy komissiya, O`zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasisi (O`zEOAVMA), O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizasiyasi markazi bilan hamkorlikda nafaqat O`zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasiilm-fan tarixida ilk marta o`tkaziladi.

Konferensiyaning maqsad va vazifalari YuNESKOning moddiy madaniy merosni asrash va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha prinsiplarini ilgari surish,zamonaviy bosqichda turli mamlakatlarda tarixiy-madaniy merosni saqlash va targ`ib qilish tajribalarini o`rganish, tarixiy-madaniy merosni saqlash tizimini takomillashtirish,tarixiy madaniy merosni konservasiya va restavrasiya qilishda yangi strategiyalar va texnologiyalarni joriy qilish,madaniy merosni o`rganish, saqlash va ulardan foydalanishda innovasion raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ushbu yo`nalishda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatining asosiy yo`nalishlarini belgilashdan iborat.

Konferensiya ishida YuNESKO bosh direktori O.Azule,Butunjahon madaniy merosi qo`mitasi a`zolari, qator mamlakatlarning madaniyat vazirlari,IKOMOS ekspertlari,olimlar, Markaziy Osiyo tarixiy-madaniy merosi tadqiqotchilari, restavratorlar, xorijiy mamlakatlar muzeylarininig taniqli direktorlariva boshqalar ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, qatnashchilarning muhim segmentiniIT-kompaniyalar, madaniyat va turizm yo`nalishidagi davlat organlarivakilari, madaniy merosni saqlashda AKTdan foydalanish bo`yichaxalqaro ekspertlar tashkil etadi.Shuningdek, davlat boshqaruv organlari rahbarlari, ta`lim tizimi vakillari, xalqaro tahlilchilar taklif etiladi.

Konferensiya yalpi majlis, shunindek,madaniy meros va shaharsozlik,jahon merosini saqlashda huquqiy va boshqaruv mexanizmlari, ta`lim tizimida madaniy merosni saqlashda AKTdan foydalanish bo`yicha sho``ba sessiyalarini o`z ichiga oladi:

Xalqaro konferensiya yakunlari bo`yicha Deklarasiya qabul qilinadi.

Konferensiya doirasida O`zbekistonda birinchi marotaba yirik hajmli aksiya – meros haftaligi o`tkaziladi.

Mavzuga oid yangiliklar
Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi memorandum imzoladi
Toshkentda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlangan xalqaro forum doirasida 2019 yil 3 may kuni Bi-bi-si O'zbek xizmati va O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA ) o'rtasida hamkorlikka doir o ...
01.08.2019 / 20:13
So‘z erkinligi, sog‘lom ijodiy raqobat va izlanish jurnalist faoliyatining mezonidir
— Firdavs Fridunovich, Prezidentimiz Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigida jurnalistlarning o‘z ishiga, avvalo, xolislik bilan yondashishi zarurligi alohida qayd etilgan. Darhaqiqat ...
01.08.2019 / 19:58
Bugun O'zEOAVMA Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi
  Bugun O'zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O'zEOAVMA) Boshqaruvi va Ekspertlar kengashining unga a'zo teleradiostantsiyalar rahbarlari ishtirokidagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda O ...
01.02.2019 / 20:02
Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasi O‘zbekiston musulmonlari idorasiga topshirildi
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov 2019 yil 23 aprel kuni Katta Langar Qur’onining faksimile nusxasini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi ...
01.08.2019 / 20:03
O’zEOAVMAning BBC Media Action hamkorligidagi yangi loyihasi yaratiladi
BBC teleradiokompaniyasining Media Action xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bo'limi asosan OAV xodimlarining malakasini oshirish bilan shug'ullanadi.O ...
09.02.2019 / 10:35
Germaniya jamoatchiligi O`zbekiston madaniy merosidan bahramand bo`lmoqda
Berlin shahrida 15 yanvar kuni “Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik“ mavzuida xalqaro ilmiy-madaniy forum boshlandi. Tadbir O ...
16.01.2019 / 17:34