O'ZBEKISTON ELEKTRON OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI MILLIY
ASSOTSIATSIYASI
Журнал
Почтага кириш
 

22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
22‒27-avgust kunlari Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqand shaharlarida “Oʻzbekiston ‒ buyuk yoʻllar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” meros haftaligi oʻtkaziladi
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
Xalqaro konferensiya va meros haftaligiga tayyorgarlik
O'zbekiston-online ITOGI  (UZB) 08.02.2017
O'zbekiston-online ITOGI (UZB) 08.02.2017
MUHOKAMA UCHUN HUJJATLAR
Madaniyat
Toshkentda ilk marotaba Kushon xazinasi namoyish etiladi

Ma`lumki, 2019 yil 26 avgustda Samarqandda «Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi» Xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tadi. Ushbu voqea oldidan «O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat» Meros haftaligi bo`lib o`tadi. Tadbir doirasida «Kushon xazinalari» noyob ko`rgazmasi o`tkaziladi.

Ushbu katta ekspozisiya Toshkentda, O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida namoyish etiladi. Xalqaro olimlarning ko`psonli iltimosiga ko`ra, eramizning I asri boshida O`rta Osiyo hududida qad rostlagan jumboqli, kam o`rganilgan va qachonlardir qudratli bo`lgan Kushon imperiyasining noyob artefaktlarni mustaqillik yillari davomida ilk bora ko`rgazmaga qo`yish rejalashtirilmoqda.

Ko`rgazmaning eksklyuziv, o`ziga xos jihati – Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa shahri qazishmalarida topilgan afsonaviy «Dalvarzin xazinasi» namoyishi bo`ladi. 1972 yilda E. Rtveladze rahbarligidagi bir guruh arxeologlar qazishmalar paytida eramizning I asriga tegishli 36 kilogrammga yaqin og`irlikdagi, hudud tarixida eng yirik tilla buyumlar xazinasini topdi. Hozirgi kungacha mazkur noyob xazina davlat jamg`armalarida saqlanib, avval ko`rgazmada sira namoyish etilmagandi.

Ko`rgazmaning eng kamyob eksponatlari orasida – oltin pektoral (yol), Geraklning tasviri tushirilgan gemma, ko`krak usti tilla bezaklari, hayvon tasvirli tilla ko`krak nishoni, eramizdan avvalgi III – IV asrda Shimoliy Hindiston va O`rta Osiyo janubi (Baqtriya, So`g`diyona)da keng tarqalgan kxaroshtxi yozuvi bitilgan noyob oltin chorqirra qayroqtosh va ko`pgina boshqa buyumlar bor.

O`zbekistonning turli muzeylaridagi Kushon davriga aloqador eksponatlari birinchi marta yagona ekspozisiyada namoyish etiladi.

Ko`rgazma doirasida «Kushon podsholigi xazinalari» kitob-albomi va shu nomdagi hujjatli film taqdimoti ham bo`lib o`tadi.

Mavzuga oid yangiliklar
Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida
Loyiha yanada kengayib, oʻsib boryapti, yangi mavzular, kitoblar, muzeylar, jamlanmalar paydo boʻlyapti. Oʻzbekistonning madaniy merosi juda beqiyos, u butun dunyoga tarqalgan. 27-iyulda “Sevimli” telekanali mediaxollida “O ...
01.08.2019 / 21:12
O'zEOAVMA Davlat san’ati mizeyi 100 yilligida o'z tuhfasi bilan ishtirok etdi
8 fevral kuni O`zbekiston Davlat san`at muzeyining tashkil etilganligining 100 yillik yubileyiga bag`ishlangan "Sirli avangard" ko`rgazmasi ochildi. Taniqli rus va o`zbek avangard rassomlarining noyob asarlaridan tashkil topgan ushbu ko ...
09.02.2019 / 10:20
«Madaniy merosimiz brendini boshqalar o`zlashtirishga yo`l qo`ymasligimiz kerak!»
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi (O`zEOAVMA) tomonidan bir qator davlat ...
17.01.2019 / 15:49
Toshkentda o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskandariyasining topilishiga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi
2019 yilning 22 iyul kuni “Sevimli” telekanali media-markazida o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskanlariyasining topilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirni O ...
01.08.2019 / 19:48
Germaniyadan videoreportaj: Mediaivent yakuni
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Berlinda "Buyuk ipak yo`li merosi – O`zbekiston va Germaniya o`rtasidagi ko`prik sifatida" mavzusida xalqaro ilmiy ...
28.01.2019 / 15:05
Ernesto Ramires: O`zbekistoning o`z madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish borasidagi ishlari ko`plab mamlakatlar uchun namuna
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafsida Parijda “Madaniy meros O`zbekiston va Fransiya o`rtasida ko`prik sifatida” mavzuida o ...
05.10.2018 / 18:28